Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suriyadagi janglarda qatnashayotgan andijonlik yigitga qidiruv e’lon qilindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Azizbek Rahimov 1995-yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tug‘ilgan. U 2018-yil mart oyida Qozog‘iston orqali Rossiyaning Orenburg shahriga mavsumiy ish bilan shug‘ullanish maqsadida ketib, shu yerda xalqaro terroristik tashkilot rahnamolarining ta’siriga tushishi oqibatida mutaassiblikka berilib, yashirin jamoatlarda ishtirok etgan. 

Azizbek Rahimov 2018-yilning iyun oyida Turkiya orqali Suriyaga o‘tgan. U yerdagi “Tavhid val jihod katibasi” jangarilari safiga qo‘shilgan. Hozirda janglarda ishtirok etmoqda. Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan surishtiruv-tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 2018-yilda Jinoyat kodeksining 155-moddasi 1-qismi (terrorizm), 244-moddasi (diniy ekstremizm, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »