Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylar bazalariga yangi hujum uyushtirdi. Bu safar yana to‘rt davlat jumladan musulmon Bahrayn Amerika va Britaniya harbiylariga yordam ko‘rsatdi.

Foto: “Fokus”

The Guardian nashrining yozishicha, AQSH va Buyuk Britaniya 23-yanvarga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan yarim tunda Yamandagi husiylar bazalariga yangi hujumlar uyushtirgan. Ikki davlat mudofaa vazirliklarining qo‘shma bayonotiga ko‘ra, bu husiylarning Qizil dengizdagi savdo kemalariga qarshi davom etayotgan hujumlariga “mutanosib va ​​zarur” javob bo‘lgan.

AQSH va Buyuk Britaniya husiylarga tegishli sakkizta nishonga zarba berdi. Ular boshqa to‘rtta davlatdan: Avstraliya, Kanada, Niderlandiya va Bahrayndan yordam oldi (taxminlarga ko‘ra, razvedka shaklida). Hujumdan oldin AQSH prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak o‘rtasida telefon orqali suhbatlar bo‘lib o‘tgan.

Zarbalar qiruvchi samolyotlar va ballistik raketalar yordamida havo va dengizdan amalga oshirildi. Raketalarning bir qismi Yamanning husiylar nazorati ostidagi poytaxti Sanadagi nishonlarga tegdi. Nishonlar qatoriga husiylarning raketa uchirish punktlari, radarlar, qurol va o‘q-dori omborlari (shu jumladan yerosti omborlari) kiritilgan. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Sana aeroporti yaqiniga zarbalar berilganini tasdiqladi. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Husiylar, o‘z navbatida, javob hujumlari bilan tahdid qildi va “AQSH—Britaniya tajovuzlari Yaman xalqining G‘azo sektoridagi mazlum aholiga nisbatan maʼnaviy va insoniy majburiyatlarini bajarishdagi qatʼiyatini yanada kuchaytiradi”, deb ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 19-dekabr kuni Vashington Qizil dengizda to‘siqlarsiz va xavfsiz navigatsiyani ta’minlashdan iborat bo‘lgan “Farovonlik qo‘riqchisi” operatsiyasini e’lon qildi. 12-yanvar kuni AQSH va Buyuk Britaniya xalqaro koalitsiya ko‘magida yadroviy suvosti kemasidan uchirilgan samolyotlar va “Tomahawk” qanotli raketalari yordamida Yamandagi husiy nishonlariga hujum qildi. Shundan keyin husiylarga yana sakkiz marta zarba berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »