Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suriyadagi terrorchilik tashkiloti aʼzosi bo‘lgan andijonlik erkak qidirilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, Axmadjonov Omonilloxon 1993-yil Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. Suriyadagi “Katiba Tavhid val-Jihod” terrorchilik tashkiloti aʼzosi. U 2018-yilda mavsumiy ishlab kelish maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga borib, qurilish ishlarida ishlagan. Shu vaqtda xalqaro terroristik tashkilot rahnamolarining taʼsiriga tushgan. 

Shundan so‘ng Turkiya orqali Suriyaga o‘tgan. Olib borilgan surishtiruv tadbirlari natijasida u Suriyaning Idlib shahrida xalqaro terroristik tashkilotining “Katiba Tavhid val-Jihod” jamoatiga qo‘shilib, hozirda jangovar harakatlarda qatnashmoqda. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 155-moddasi hamda 244-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv eʼlon qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »