Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda dorilar bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlashga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xabar berilishicha, “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 iyuldan:

  • dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar aholini sifati, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot sifatida e’tirof etiladi hamda ularga nisbatan davlat nazoratini amalga oshirishning alohida qoidalari belgilanadi;
  • dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi;
  • dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlarda ularga berilgan litsenziya talablariga rioya etilishini bir yilda ko‘pi bilan bir marotaba vakolatli organni xabardor etish orqali nazorat qilish tartibi joriy etiladi;
  • dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun ishlab chiqilgan kontent Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan xulosa asosida efirga uzatiladi;
  • yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar majburiy ravishda “Zarur saqlash amaliyoti – GSP” talablariga muvofiq tashkil etiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »