Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya Ukrainaga oltita ko‘p maqsadli Sea King vertolyotlarini yetkazib beradi, dedi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukraina mudofaasi bo‘yicha Ramshteyn formatidagi aloqa guruhining onlayn yig‘ilishida. Uning so‘zlari vazirlikning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida eʼlon qilindi.

Foto: Germaniya Qurolli kuchlari veb-sayti
“Sea King — ishonchli va kuchli vertolyot bo‘lib, u ukrainaliklarga ko‘p sohalarda yordam beradi: Qora dengiz ustidan razvedka o‘tkazishdan tortib, harbiy xizmatchilarni tashishgacha. Bu Germaniyadan bunday turdagi birinchi ta’minot”, — dedi vazir.

U vertolyotlarni yetkazib berish sanasiga aniqlik kiritmadi.

Vazir, shuningdek, aholini himoya qilish uchun Kiyevni havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

“Strana.ua” yozishicha, Germaniya Kiyevga foydalanishdan chiqarilgan vertolyotlar beradi.

Ukraina mudofaa masalalari bo‘yicha aloqa guruhining Ramshteyn formatidagi 18-yig‘ilishi 23-yanvar kuni onlayn rejimda bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlariga ko‘ra, Ukraina Mudofaa vazirligi spikeri Illarion Pavlyuk 2024-yilda Kiyevga avval yetkazib berilmagan qurollar kelishini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »