Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya Sariq dengiz tomon bir nechta qanotli raketalarni uchirdi, ular Koreya yarimoroli va Xitoy o‘rtasidagi suvga quladi, deb xabar berdi Janubiy Koreya Qurolli kuchlari bosh shtabi 24-yanvar kuni ertalab. Janubiy Koreya harbiylari amerikalik mutaxassislar bilan birgalikda voqea tafsilotlarini tahlil qilmoqda.

Foto: AP Photo

Yadroviy va raketa dasturlari kabi xalqaro sanksiyalar ostidagi ballistik raketalardan farqli o‘laroq, qanotli raketalarning uchirilishi Shimoliy Koreya uchun texnik jihatdan jazo choralariga sabab bo‘lmaydi. Biroq bu raketalar yadro kallaklariga ham ega bo‘lishi mumkin, deb eslatadi DPA agentligi. 

Shimoliy Koreyaning raketa va yadro sinovlari 

Bundan bir necha kun oldin, 19-yanvarda Shimoliy Koreya “Xeil-5-23” suvosti yadro quroli tizimini — yadroviy kallak bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan suvosti dronini sinovdan o‘tkazayotganini e’lon qildi. “Xeil-5-23” tizimining mavjudligini mustaqil tasdiqlash imkonsiz. Pxenyanga ko‘ra, suvosti droni ilk bor o‘tgan yilning mart oyida sinovdan o‘tkazilgan hamda dushman kemalari va muhim portlarga kutilmagan hujumlar uyushtirishga qodir. 

15-yanvar kuni Shimoliy Koreya gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi. Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketa ming kilometrga yaqin masofani bosib o‘tib, Yapon dengiziga qulagan.

14-yanvar kuni Shimoliy Koreya Yaponiya tomon ballistik raketa uchirdi — bu 2024-yilda ushbu turdagi qurolning ilk sinovi bo‘ldi. Yaponiya Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati va mamlakat mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa sharqiy qirg‘oqdan otilgan va Yaponiyaning maxsus iqtisodiy zonasi tashqarisida dengizga qulagan.

Koreya yarimorolida keskinlik kuchaymoqda

Yanvar oyi boshida Shimoliy Koreya Janubiy Koreya orollari tomon 200 tadan ortiq snaryad otgandi. Bunga javoban Janubiy Koreya Qurolli kuchlari o‘q otish mashqlarini o‘tkazdi.

O‘tgan yil dekabr oyida Pxenyan bir necha sinovlardan so‘ng, Shimoliy Koreya tomoniga ko‘ra, parvoz masofasi 1002,3 kilometrni tashkil etgan qit’alararo raketani uchirdi. Noyabr oyida KXDR koinotga o‘zining birinchi harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshini yubordi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »