Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kelin salom— uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan urf-odatlarimizdan hisoblanadi. Odatda to‘yning ertasi kuni o‘tkaziladigan ushbu marosim ham san’atkorlar ishtirokisiz o‘tmaydi. Quyida bugungi kunda eng talab yuqori bo‘lgan “kelin salom”chi aktrisalar va ularning xizmat haqi haqida so‘z yuritiladi.  


Mahfuza Bobotillayeva

Foto: Instagram


O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Mahfuza Bobotillayeva kelin salom marosimini o‘tkazish uchun 200 dollar so‘raydi.  

Xosiyat Husanova

Foto: Instagram

Yana bir el ardog‘idagi aktrisa Xosiyat Husanova ham bugungi kunda kelin salom o‘tkazishda faol. Uning gonorari esa 250 dollarni tashkil etadi. 

Mehri Bekjonova

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Mehri Bekjonova ham ushbu tadbirni o‘tkazish uchun 250 dollar so‘raydi. 
 
Muqaddas Xoliqova

Foto: Instagram

O‘zbek milliy akademik teatri aktrisasi, kinofilmlardagi turli obrazlari bilan muxlislar mehrini qozongan O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning kelin salom o‘tkazib berish narxi 300 dollar qilib belgilangan. 
 
Ra’no Yarasheva

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva ham hamkasbi Muqaddas Xoliqova kabi kelin salomga 300 dollar evaziga chiqadi. 
 
Munojat Alimboyeva

Foto: Instagram

O‘zbek kinosining “Jaydari kelin”i, iste’dodli aktrisa va xonanda Munojat Alimboyeva kelin salom o‘tkazgani uchun 350 dollar gonorar oladi. 
 

Vazira Yunusova

Foto: Instagram

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Vazira Yunusova kelin salomlarga 350 dollarga chiqadi. 
 
Zuhra Soliyeva
 

Foto: Instagram

Oshqozon kichraytirish amaliyotidan so‘ng tanib bo‘lmas darajada ozgan aktrisa Zuhra Soliyeva kelin salom o‘tkazish uchun 400 dollar so‘raydi. 

Saida Rametova

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova 400 dollar evaziga kelin salom marosimini esda qolarli tarzda o‘tkazib beradi. 

Shahlo Zoirova

Foto: Instagram

“Bravo” kulgi jamoasining sobiq a’zosi, aktrisa Shahlo Zoirova reytingimizning birinchi o‘rnini zabt etdi. Uning kelin salom o‘tkazishi uchun belgilangan narx –550 dollar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »