Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Murmansk viloyatidagi Shimoliy flot harbiy sudi O‘zbekiston fuqarosini terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashgani uchun 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”
“Shimoliy flot harbiy sudi O‘zbekiston fuqarosi Rossiya Jinoyat kodeksining 205-modda 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat bo‘yicha aybdor deb topib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Bunda u dastlabki 3 yilni qamoqxonada, olti yilini qattiq tartibli koloniyada o‘taydi”, — deyiladi xabarda.

Tergov va sudning aniqlashicha, 2021-yilning iyul-avgust oylarida Arxangelsk viloyatida yashagan sudlanuvchi xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosiga ikki marotaba pul o‘tkazmasini amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Toshkentdan turib Suriyadagi jangarilarni moliyalashtirgan erkak 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 2023-yil sentyabrda esa Toshkent shahar IIBB xorijdan turib o‘zini diniy ulamo sifatida ko‘rsatib, radikal g‘oyalarni tarqatib kelayotgan fuqarolardan ogoh bo‘lishga chaqirgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »