Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

DXX xodimlari Qashqadaryo viloyatida Telegram orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan shaxsni qo‘lga oldi.

Kadr: Telegram

Aniqlanishicha, Qamashi tumanida yashovchi 21 yoshli fuqaro 2018—2023-yillar davomida doimiy yashash manzilida bo‘lishi hamda 2022-yilning iyul—noyabr oylarida Qozog‘istonning Olmaota shahrida mavsumiy ishlashi davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining “hijrat” va “jihod”ga chorlovchi audio-video maʼruzalarini tinglab, tomosha qilgan.

Natijada, u Telegram messenjerida 11 ta kanal ochib, ekstremistik mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan. Hatto unda Suriyaga borib, “jihod” qilish istagi paydo bo‘lgan va ayni shu maqsadda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zgalardan kerakli maslahatlarni olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan terrorizm va ektremizmga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilib, uning Suriya davlatiga ketishining oldi olingan hamda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan sud jarayonlarida guvohlar va daliliy ashyolar asosida, uning noqonuniy harakatlari o‘z isbotini topgan.

Sud hukmiga ko‘ra, mazkur shaxs Jinoyat kodeksining 244-prim 1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Bundan avval xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berilgani xabar qilingandi. Shuningdek, qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari aʼzosi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol ham qidirilmoqda. Ushbu ayol ham Rossiyada yashovchi erkak bilan tanishib, ikki qizi bilan dastlab Ozarbayjon orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga borgan va xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilari safiga qo‘shilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »