Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyodagi eng yirik raqamlashgan inshootlar quruvchisi Populous kompaniyasi cho‘qqi ustida innovatsion stadion qurilish rejasini oshkor qildi. U katta LED displeyi egiluvchan dizaynga ega bo‘ladi.

Foto: Populous

Shahzoda Muhammad bin Salmon stadioni yerdan 200 metr balandlikdagi tog‘ cho‘qqisida qurilishi rejalashtirilmoqda. Stadion Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddan transportda taxminan 40 daqiqalik masofada joylashadi.

Foto: Populous

Stadionning umumiy sig‘imi 45 ming o‘rinni tashkil qiladi. Arena futbol, ​​boks, kibersport, konsertlar va teatr tomoshalariga mezbonlik qiladi, shuningdek, Saudiya Arabistoni Professional futbol ligasi ishtirokchilari “Al-Hilol” va “Al-Nasr” futbol klublarining uy maydoni bo‘ladi. Balki 2034-yilda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari ham shu yerda o‘tkazilar.

Foto: Populous

Populousning taʼkidlashicha, bu dunyodagi birinchi integratsiyalashgan tom qismi to‘liq yig‘iladigan, qiyadagi maydon va LED devorlarga ega arena hisoblanadi. LED devorlarda o‘yinlar jonli namoyish qilinadi. Foydalanilmayotgan vaqtda stadionda Qiddiya shahrining ajoyib manzaralarining namoyishi bo‘ladi.

Shubhasiz, Saudiya Arabistonining cho‘l hududida konsertlar, futbol o‘yinlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish tomoshabinlar uchun qulaylik nuqtai nazaridan jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Shularni inobatga olgan Populous kompaniyasi bevosita stadioning pastki qismida sunʼiy ko‘l qurishni rejalashtirgan.

Foto: Populous

Stadion qachon qurib bitkazilishi haqida hozircha maʼlumotlar yo‘q.

Bu Saudiya Arabistonidagi yana bir shov-shuvli arxitekturaning namunasidir. Mamlakat yetakchilari neftga asoslangan iqtisodiyotdan turizmga asoslangan iqtisodiyotga o‘tishga intilmoqda.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »