Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buyuk Britaniya qirollik oilasining eng mashhur juftliklaridan biri – shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Kaliforniyaning qoq markazidan, ko‘plab taniqli yulduzlar, jumladan Sher, Leonardo Di Kaprio, Mayli Sayrus kabi ijodkorlar yashaydigan hududdan hashamatli uy xarid qilgan. Yulduzlarning qo‘shnisiga aylanish Megan va Garriga ular bilan yaqindan tanishib olish, do‘stona aloqalarni kengaytirish imkoniyatini berdi.

Shahzoda Garri va Megan Markl
Foto: Getty Images 

Ayrimlar bu yerga ko‘chib o‘tish Meganning makkorona rejasi ekani, sobiq aktrisa shu orqali asta-sekin Gollivudga qaytmoqchi bo‘lganini ham taxmin qildi. Biroq oradan anchagina vaqt o‘tgan bo‘lsa hamki, Megan Gollivudga qaytmadi. Balki ushbu hashamatli uy boshqa hech qanday maqsad ko‘zlanmagan holda juftlikka shunchaki yoqib qolgani uchun xarid qilingandir...

Shahzoda Garri va Megan Marklning uyi
Foto: Six Page

Avvaliga Garri va Megan AQSHda joylashgan yangi uylari begonalar nazariga tushmasligi uchun imkon qadar harakat qilishdi. Ammo tez orada internet tarmog‘ida ularning uylari tashqi va ichki tomondan qanday ko‘rinishda ekanligi aks etgan suratlar paydo bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, suratlarning tarqalib ketishiga insayderlar sababchi emas, uyni juftlikning o‘zi boshqalarga ko‘rsatgan: ular videomurojaatlaridan birini uy ichida tasvirga olishgan.

Shahzoda Garri va Megan Marklning 9 ta yotoqxona, 16 ta vannaxona va qo‘shimcha xonalardan iborat bo‘lgan 14 million dollarlik “qasri” mana bunday ko‘rinishga ega:

Shahzoda Garri va Megan Marklning uyi
Foto: Six Page
Shahzoda Garri va Megan Marklning uyi
Foto: Six Page
Shahzoda Garri va Megan Marklning uyi
Foto: Six Page
Foto: Six Page

Suratlarga nazar tashlab yagona bir xulosa kelish mumkin: qirollarga xos turmush tarzidan qochishga urinishning o‘zi bilan ish bitmaydi. Pul sarflash masalasida ham Megan va Garrining qirollik oilasi vakillari ekanligi shundoqqina sezilib turadi. Interyerdagi viktorian davriga xos elementlar, fil suyagidan ishlangan kursilar, son-sanoqsiz hashamatli detallar buni yaqqol aks ettiradi...

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »