Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Rossiya norasmiy kanallar orqali AQSHga Ukrainaga bosqinni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga, jumladan Kiyev uchun kelajakda ehtimoliy xavfsizlik choralarini ko‘rishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda Bloomberg agentligiga Kremlga yaqin ikki manba ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari ushbu “signallarni” 2023-yil dekabrida agentlik suhbatdoshlari ismini aytishdan bosh tortgan vositachi orqali Amerikaning yuqori martabali amaldorlariga yetkazgan.

Bloomberg manbalarining ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning neytral bo‘lib qolishi va NATOga qo‘shilmasligi haqidagi talablardan voz kechishni ko‘rib chiqishi mumkin. Buning evaziga Moskva Kiyevdan so‘nggi yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olingan hududlar ustidan Rossiya nazoratini tan olishni talab qiladi.

AQSH Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Edriyen Uotson uning bo‘limi Bloomberg xabar qilgan Rossiya pozitsiyasidagi o‘zgarishlardan bexabarligini aytdi.

“Ukraina Rossiya bilan muzokaralar olib borish-bormaslik, ularni qachon va qanday o‘tkazishni o‘zi hal qiladi”, — dedi u.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov agentlikka bergan izohida Putin Rossiya muzokaralarga tayyorligini bir necha bor bildirganini aytdi.

“Biz o‘z maqsadlarimizga erishishga qat’iy qaror qildik. Va biz ularga diplomatik yo‘l bilan erishmoqchimiz. Ammo buning iloji bo‘lmasa, ularga erishgunimizcha harbiy amaliyot davom etadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Bloomberg ta’kidlashicha, Amerika rasmiylari bunday takliflar tafsilotlarini bilmaydi va Putinning harbiy harakatlarni to‘xtatishga jiddiy yondashayotganini ko‘rmayapti. Ular Rossiya signallari haqidagi xabarlarga shubha bilan qaramoqda, deb yozdi agentlik.

Rossiyaning muzokaralarga ochiqligi haqidagi ishoralar – qanchalik samimiy ko‘rinmasin – Ukraina ittifoqchilari o‘rtasida bo‘linishni keltirib chiqarishi, Kiyevni yakkalab qo‘yishi va prezident Vladimir Zelenskiyning Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan to‘liq olib chiqib ketishni o‘z ichiga olgan “tinchlik formulasini” qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga putur yetkazishi mumkin, deyiladi xabarda.

Rossiya rasmiylari Ukraina bilan tinchlik muzokaralariga ochiq ekanliklarini bir necha bor ta’kidlaganlar, lekin o‘z shartlariga ko‘ra. Moskva Kiyevni urush tugashini muhokama qilishni istamaganlikda aybladi. Ukraina rasmiylari, o‘z navbatida, Rossiya tomonidan bosib olingan mamlakatning barcha hududlarini qaytarish niyatida ekanini bildirdi.

The New York Times gazetasining yozishicha, Vladimir Putin 2023-yil sentyabr oyidan boshlab turli diplomatik kanallar orqali Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga va harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirmoqda.

Vladimir Zelenskiy NYT nashriga izoh berar ekan, u “Rossiya tomonidan tinchlikka erishish yo‘lidagi fundamental qadamlarni” ko‘rmayotganini aytdi. Uning fikricha, Rossiya mojaroni muzlatish istagi haqida “ishoralar bermoqda”, chunki u kuchini tiklash va Ukrainaga yana hujum qilish uchun pauza qilishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »