Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar ro‘yxati eʼlon qilinganidan so‘ng, ko‘plab Gollivud yulduzlari taqdim qilingan ro‘yxatdan norozi, xususan, “Barbi” filmi ishtirokchilaridan bir Rayan Gosling eʼtiroz bildirgan.

Foto: Depositphotos

Kanadalik aktyor ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor nominatsiyasi bo‘yicha nomzodlar qatorida bor, lekin Greta Gervig va Margo Robbi nomzodlar qatorida bo‘lmaganligi uchun tanqid qildi.

Foto: Reuters
Barbisiz Ken bo‘lmaydi. Greta Gervig va Margo Robbisiz Barbi haqida film ham bo‘lmaydi, bu ikki shaxs film yaratilishi uchun masʼul bo‘lgan. Ularning isteʼdodi, jasorati va daholigi bo‘lmaganida filmni hech kim tan olmagan bo‘lar edi. Ularning o‘z nominatsiyalari bo‘yicha nomzodlar qatorida ko‘rsatilmaganini aytmaslik noto‘g‘ri bo‘lar edi. Ularning ijrosini boshqa munosib nomzodlar qatori nishonlash kerak, — deydi aktyor g‘azab bilan.

Amerikalik xonanda Bett Midler ham Margo Robbi va Greta Gervig “Oskar” mukofoti nomzodlari qatorida bo‘lishi kerakligini taʼkidladi, lekin aynan Greta Gervig o‘rniga Rayan Gosling nomzod qilib ko‘rsatilgan.

Kartina Greta Gervig va Margo Robbining mehnati bo‘lib, tanqidchilar maqtoviga muyassar bo‘ldi hamda madaniy hodisaga aylandi. Barbi pozitsiyasidan feministik mavzularni o‘rganish va patriarxal meʼyorlarga qarshi chiqish olib berilgan. Film nafaqat chuqur rezonans olib keldi, balki milliard dollar daromad ham keltirdi. Ajablanarlisi shundaki, aynan Ken “Oskar”ga nomzod bo‘lgan, — deb munosabat bildirgan xonanda.

Norozilar qatoriga yozuvchi Stiven King va aktrisa Sheron Stoun ham qo‘shilgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »