Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Arab Amirliklarida mahalliy ayollar ko‘pincha qora, erkaklar esa oq kiyim kiyadi. Buning sababi nimada?

Foto: Legion Media

Maʼlum bo‘lishicha, bu kiyimining tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Bu tanlov mamlakat joylashgan hududdagi iqlim bilan bog‘liq.

Dubay yil davomida 45 daraja issiq va qum bo‘ronlari tez-tez sodir bo‘ladigan cho‘l o‘rtasida qurilgan shahar hisoblandi. Shu sababdan milliy libosning asosiy vazifasi tanani quyosh nuridan, sochni changdan asraydi va salqinlik uchun xizmat qiladi.

Foto: Legion Media

Bu vazifalarning barchasini erkaklar kiyimi — kandura bajaradi. Anʼanaga ko‘ra libos tabiiy matolardan tikiladi. Kiyim deyarli har doim oq rangda bo‘lib, arablar orasida olijanoblik, qadr-qimmat va muqaddaslikni anglatadi. Shuningdek, oq rang quyosh nuridan yaxshi himoya qiladi, shuning uchun bu rangdagi kiyimlar issiq havo uchun ayni muddaodir. Qishda esa BAA arablari boshqa rangdagi qaymoq rangdan och yashilgacha, hatto ko‘k rangli liboslar kiyadi.

Foto: Legion Media

Erkaklar o‘zlarining anʼanaviy kiyimlariga alohida eʼtibor bilan munosabatda bo‘ladi. Ular maxsus odob saqlash shartlariga rioya qiladi. Milliy kiyimning o‘zini kiyish mumkin emas, shuning uchun ular kandura ichidan har doim maxsus ko‘ylak va shim kiyadi.

BAAdagi o‘zini hurmat qilgan har bir erkakning garderobida 50 tagacha milliy oq libosi bor. Agar kiyimda ozgina kir paydo bo‘lsa, uni darhol almashtirish kerak. Arablar kuniga 2-3 marta kiyim almashtiradi, shuning uchun kir bo‘lgan kandura kiygan Amirlik aholisini uchratish dargumon.

Shuningdek, Sharq erkaklari uchun kiyim-kechak ularning dindor va mavqeyini ham ko‘rsatishning yana bir usuli hisoblanadi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »