Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hozirgacha 208 ta maktabning yuqori sinf o‘quvchilariga 3 ta yo‘nalish bo‘yicha kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi. Chet tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 ming nafardan 18 mingga yetdi. Ta’lim sifatini oshirish uzluksiz jarayon. Taqdimotda shu maqsaddagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Bugungi kunda hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajriba asosida vaziyatni tahlil qilish, muammoni yechish, jamoada ishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilgan.

Kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish zarurligi aytildi. Maktablarning o‘zi ham akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bu xalqaro baholash mezonlarini milliy tizimga joriy qilish, maktablarni boshqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Malaka oshirish markazlari eskicha ishlayotgani, ilmiy salohiyati yuqori emasligi qayd etildi. Shu bois 14 ta hududdagi bunday markazlarni faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish dasturlarini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Qayd etilishicha, maktablarda xorijiy til bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarini bu bilan uyg‘unlashtirish zarur. Xorijiy tilni intensiv tarzda o‘rgatish amaliyotini ham kengaytirish lozim.

Mamlakatda xususiy maktablarga imkoniyat berilgani natijasida ularning soni ko‘payib bormoqda. Bu davlat maktablariga yuklamani kamaytirish va sog‘lom raqobatga xizmat qilmoqda. Shu bois xususiy maktablar uchun litsenziya talablarini yanada soddalashtirish, kredit, soliq va kommunal to‘lovlardan qo‘shimcha yengilliklar berish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mutasaddilarga ta’lim tashkilotlari faoliyati va ta’lim sifati monitoringi platformasini ishga tushirishga topshiriq berildi. Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, ta’limning barcha bo‘g‘inlarida islohotlarni yagona konsepsiya asosida amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi tashkil qilinadi. U bog‘cha, maktab, kasbiy hamda oliy ta’limda o‘quv standarti va dasturlarini ilg‘or tajribalar asosida ishlab chiqishga mas’ul bo‘ladi.

Davlat rahbari maktablar faoliyatida mahalla raisi va faollarining o‘rni katta bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

“Mahalladagi muhit, aholi bandligi ko‘p jihatdan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bog‘liq. Shunday ekan, mahalla raisi ota-onalar bilan birga maktablar hayotida faol qatnashishi, yoshlarning bilimi va kasb egallashiga e’tiborli bo‘lishi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »