Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ombudsman to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan ota-ona o‘rniga ta’lim xarajatlarini qoplayotgan farzandlarga ham soliq imtiyozi qo‘llanilishini taklif qilmoqda

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xabarga ko‘ra, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqarolardan kelayotgan murojaatlar muntazam tahlil qilib boriladi. Ularda ko‘tarilgan muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish maqsadida ombudsman tomonidan takliflar ishlab chiqiladi.

Ombudsman nomiga ijtimoiy huquqlarni ta’minlash, jumladan ta’lim uchun kontrakt puli to‘lovi, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, imtiyozlar berish kabi masalalar yuzasidan shu kunga qadar yuborilgan murojaatlar o‘rganilganda doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan ota-ona tomonidan ta’lim kreditlarini so‘ndirishda muammolar mavjudligi aniqlandi.

Qonunchilikka muvofiq, ota-onalar oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydigan farzandlariga ta’lim to‘lovlarini o‘z oylik ish haqlaridan to‘lab bersalar, 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olishlari mumkin. Bu tartib o‘zi ishlab o‘z kontraktini to‘lagan talabalar va turmush o‘rtog‘i uchun kontrakt to‘laganlarga ham amal qiladi.

Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish maqsadida joriy etilgan ushbu imtiyoz fuqarolarga ancha yengillik bermoqda. Lekin ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlarda ota-onaning doimiy daromad manbai bo‘lmagani sababli, kredit to‘lovlarini ularning boshqa farzandlari to‘lanayotgani aniqlanmoqda. Bunday hollarda esa ushbu soliq imtiyozi qo‘llanilmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ombudsman ta’lim xarajatlarini qoplayotgan boshqa farzandlar, ya’ni opa, singil, aka, ukasining o‘qishiga yordam berayotgan aka-uka va opa-singillarga nisbatan ham soliq imtiyozini qo‘llashni taklif qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »