Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugungi kunda O‘zbekistonda jami 33 942 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Maktabgacha taʼlim agentligi xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, respublikadagi jami maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 6 780 tasi davlat bog‘chalari, 27 162 tasi esa nodavlat tashkilot hisoblanadi.

Nodavlat bog‘chalar tarkibi:

  • xususiy — 847 ta;
  • oilaviy — 24 ming 927 ta;
  • DXSH asosidagi tashkilotlar — 1388 ta.

Respublikadagi 3—7 yoshli bolalar soni 2 million 930 ming 844 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 74 foizi, yaʼni 2 million 169 ming 538 nafari bog‘chaga boradi.

Ta’kidlanishicha, 2023-yil davomida 182 ta davlat MTTlari taʼmirlangan. Bunda: 57 ta yangi bog‘cha qurilgan, 113 ta bog‘cha rekonstruksiya qilingan, 2 tasi mukammal taʼmirlashdan chiqqan. 71 ta DXSH asosidagi NMTTlar (7100 o‘rinli) hamda 4402 ta (116 998 o‘rinli) oilaviy shakldagi NMTT ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil mayda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining maoshi oshirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »