Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonga 27-yanvar, shanba kuni Turkmaniston hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘аdi. Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuqqacha, ayrim joylarda 5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 5-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Respublika shimolida kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. O‘zbekiston bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliqni, kunduzi 8-13 daraja iliqni, shimolda kechasi 2-7 daraja sovuqni, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni tashkil etadi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Ushbu davrda respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, 28-yanvarda baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 27-yanvar kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

28-yanvarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »