Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida 18 yoshli qizni Toshkentga olib qochgan yigitga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman 

Sudlanuvchi L.Q. 2005-yil 27-noyabrda tug‘ilgan N.M.ga uylanish maqsadida bir necha marta sovchi yuborib, uning ota-onasi qizini unga turmushga berishga rozi bo‘lmagach, u darsdan qaytayotgan vaqtida bir necha marta yo‘lini to‘sgan. Unga turmushga chiqish taklifiga rad javobi olgandan so‘ng, M.N.ni 2023-yil 12-fevralda o‘ziga tegishli Damasʼda kelib, majburan mashinasi orqa o‘rindig‘iga mindirib olgan.

O‘zi ham orqa o‘rindiqqa o‘tib, o‘ziga tortib, uni quchoqlab, o‘ziga tegishli telefonga fotosurat va videotasvirga olgan. Bir necha kun o‘tganidan so‘ng M.N.ni mashinasiga yana mindirib olib, unga gaplashib turishi uchun telefon tutqazib, agar telefonni olmasa, uyiga kelgan sovchilarga rasmlarni “o‘zi bilan ishqiy munosabatda kirishib yurgandek” qilib ko‘rsatishini va Internet orqali tarqatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitishini aytgan. 2023-yil 10-martda M.N.ning oldiga kelib, majburan mashinasiga mindirib olgan va qiz unga qarshilik ko‘rsata olmaganidan foydalanib, uni Toshkent shahriga olib ketgan.

O‘sha yerda tegishga majbur qilib, ota-onasi, akasi va hududiy profilaktika inspektorining zudlik bilan qaytishni, aks holda qonun oldida javob berishni nazarda tutuvchi SMS-xabarlariga javob qaytarmasdan, ertasi kuni, 11-mart kuni M.N. bilan birga Yakkabog‘ tumaniga qaytib kelgan.

Sudlanuvchi L.Q. ushbu harakatlari bilan Jinoyat kodeksining 136-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan. Unga nisbatan 2 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »