Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

To‘ylar o‘zbek shou-biznesi vakillarining asosiy daromad manbai hisoblanadi. Kulgi ustalari o‘zlarining qiziqarli hangomalari bilan to‘yning yanada fayzli o‘tishiga hissa qo‘shadi. Xo‘sh, ularning poytaxt to‘ylariga borib mehmonlarga xush kayfiyat ulashib ketishlari to‘y egasiga qanchaga tushadi?

Mirzabek Xolmedov

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov 200 dollar evaziga to‘yingizda o‘zining ichakuzdi hangomalarini aytib beradi. 

Valijon Shamsiyev

Foto: Instagram


Mirzabek Xolmedovning shogirdi Valijon Shamsiyev 250 dollar evaziga to‘yingizga tashrif buyuradi. 

Foto: Instagram

Borya taxallusi bilan ijod qiluvchi aktyor va so‘z ustasi Sanjar Shodiyevning xizmat haqi ham — 250 dollar. 

Shukurullo Isroilov

Foto: Instagram

Taniqli so‘z ustalari Shukurullo Isroilov va Zokir Ochildiyevlarning poytaxt to‘ylarida mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishlari narxi bir xil — 300 dollar etib belgilangan. 

“Qahqaha” guruhidagi ota-o‘g‘il

Foto: Instagram

“Qahqaha” guruhidagi ota-o‘g‘il to‘yingizga tashrif buyurishini istasangiz 300 dollar tayyorlab qo‘ying. 

Avaz Oxun

Foto: Instagram

Taniqli so‘z ustasi Avaz Oxun to‘yingizni o‘zining qiziqarli hangomalari bilan o‘tkazib berishi 400 dollarga tushadi. 

Jamshidbek Normatov

Foto: Instagram

Jamshidbek Normatovning Toshkentdagi to‘ylarga birrovga kelishi narxi esa 400 dollar. 

“Dizayn” kulgi jamoasi aktyorlari 

Foto: Instagram

“Dizayn” kulgi jamoasi aktyorlari Sa’dulla, Qobilbek va Dishodbek Musabekovlar to‘ylarda ishtirok etishi uchun ularning har biriga 400 dollardan to‘lanishi kerak. 

“Handalak” dueti aktyori Ortiq Sultonov 

Foto: Instagram

“Handalak” dueti orqali elga tanilgan qiziqchi Ortiq Sultonov Samarqanddan kelib ketishini hisobga olgan holda to‘ydagi birrov narxini 600 dollar qilib belgilagan. 

Elmurod Haqnazarov

Foto: Instagram

Erik Haydarov taxallusi bilan ijod qiluvchi so‘z ustasi Elmurod Haqnazarov 700 dollar evaziga to‘yingizga kelib, o‘zining qiziqarli hangomalarini aytib beradi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »