Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Texas vitse-gubernatori Den Patrik AQSH prezidenti Jo Bayden va uning ma'muriyatini migratsiya masalasida Texas xavfsizlik kuchlari bilan ziddiyatga bormaslikka chaqirdi. U davlat rahbarini huquq-tartibot idoralari “o‘z vazifasini bajarishi” uchun ularning ishiga xalal bermaslikka chaqirdi.

“Bayden maʼmuriyati qilishi mumkin bo‘lgan eng katta xato bu huquq-tartibot idoralari, harbiylarimiz va chegaramizdagi Milliy gvardiyamiz bilan ziddiyatga borishdir. Biz qarama-qarshilikni xohlamaymiz, biz Amerika xalqi xohlagan narsaga e’tibor qaratganmiz. Agar Jo Bayden chetga o‘tib tursa, biz o‘z ishimizni qilamiz va chegarani himoya qilamiz”, — dedi Patrik Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Foto: Google Images

Uning ta’kidlashicha, noqonuniy migrantlarga qarshi kurash Texas rahbariyatining konstitutsiyaviy vakolati hisoblanadi.

2023-yilda AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan migrantlar soni rekord darajaga yetdi. O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida The Washington Examiner gazetasi chegara xizmatidagi manbalariga tayanib, bir sutkada davlat chegarasini kesib o‘tishga 14,5 ming urinish qayd etilgani haqida xabar bergan edi.

Texas rasmiylarining aytishicha, noqonuniy immigratsiya darajasining oshishi Jo Baydenning “ochiq chegaralar siyosati” tufaylidir.

Xususan, 22 yanvar kuni AQSH Oliy sudi Texas milliy gvardiyasi Meksika bilan chegarada o‘rnatgan sim to‘siqlarni olib tashlash to‘g‘risida qaror chiqardi. AQSH maʼmuriyatining taʼkidlashicha, to‘siqlar federal chegara xizmatiga migrantlarni hibsga olish va ularga qonun talabiga ko‘ra kerak bo‘lganda yordam ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »