Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi ilk mavsumiga 1-fevraldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Bunda loyihalarni kiritish 1−20-fevral kunlari amalga oshiriladi. Undan keyin, 21-fevraldan 11-martgacha loyihalarni saralash o‘tkaziladi. Ovoz berish jarayoni esa 12−31-mart sanalari davomida o‘tkaziladi.

“Mazkur mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1,36 milliard so‘mni tashkil etadi”, — deyiladi xabarda.

2021—2023-yillar davomida “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun davlat budjetidan qariyb 8 trillion so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi. Mazkur mablag‘lar doirasida jami o‘n minga yaqin loyihalar g‘olib deb topilib, besh mingdan ortiq mahallalarda ijtimoiy muammolar bartaraf etilishiga erishildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2024—2026-yillar uchun Budjetnomada “Tashabbusli budjet”da 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan loyihalar tahlillari asosida mablag‘ ajratish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »