Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yamandagi “Ansar Alloh” harakati Britaniyaning Aden ko‘rfazi orqali Qizil dengizga suzayotgan Marlin Luanda neft tankeriga hujum uyushtirganini e’lon qildi, deb xabar beradi BBC.

Foto: BBC News

Amerikalik amaldorlarning ma’lum qilishicha, hujum kemalarga qarshi ballistik raketalar orqali amalga oshirilgan. Tanker tomonidan berilgan falokat signaliga yaqin atrofdagi harbiy kema javob qaytargan.

Hujum oqibatida ekipaj a’zolariga zarar yetmagan. Tankerga operatorlik qilgan Trafigura kompaniyasi vakiliga ko‘ra, neft olib ketayotgan kema bo‘lmalaridan birida yong‘in yuzaga kelgan. Bortda yong‘inga qarshi uskunalar ishga tushirilgan.

Trafigura vakilini aytishicha, tanker G‘arb davlatlari tomonidan o‘rnatilgan “yuqori narx”dan arzonroq sotib olingan Rossiya neftini tashiyotgan bo‘lgan. Keyinroq AQSH Markaziy qo‘mondonligi xusiylarning kemalarga qarshi raketlariga zarba berganini ma’lum qildi. Amerikalik harbiylar raketalarga Yamanning xusiylar tomonidan nazorat qilinadigan hududida duch kelgan va ularni mudofaa maqsadida yo‘q qilgan.

Yaman xusiylari 2023-yilning kuzidan boshlab muntazam ravishda Qizil dengizdagi kemalarga hujum uyushtirib kelmoqda. 14-noyabr kuni harakat Isroil bilan bog‘liq barcha kemalarga hujum uyushtirishini ma’lum qilgandi.

Avvalroq AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylar bazalariga yangi hujum uyushtirgandi. Bu safar yana to‘rt davlat, jumladan, musulmon Bahrayn Amerika va Britaniya harbiylariga yordam ko‘rsatgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »