Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Kavkaz asirasi” — afsonaviy rejissor Leonid Gaydayning muvaffaqiyatli filmlaridan biri. Kartina sovet kinosi yulduzlarini birlashtirgan va tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan. Gaydayning har qanday filmida bo‘lgani kabi, “Kavkaz asirasi”da ham bir qancha nayranglarni ko‘rish mumkin.

Foto: Dzen.uz

1967-yilda Sovet kinosida maxsus effektlar hali yo‘q edi. Shu sababli sahnalarni suratga olish uchun zukkolikka tayanish kerak bo‘lgan. Dovdir rolini o‘ynagan Yuriy Nikulin qo‘lini cho‘zgan epizodlardan birida shunday bo‘lgan.

Ushbu epizod bo‘yicha bahslar hali ham davom etmoqda. Baʼzilar buni yaxshi montaj deb o‘ylasa, boshqa bir versiyaga ko‘ra, adyol ostida pakana odam yashiringan deydi.

“Bu g‘oyani suratga olish maydoniga Yuriy Nikulinning o‘zi topib kelgan. Unga esa, bu nayrang haqida bir sirk aktrisasi 60-yillarda aytib bergan. Nikulin voqeani xotirasiga saqlab qo‘ygan va bu nayrangni komediyalardan biriga qo‘shishni o‘ylagan”, — deb eslaydi “Uch aktyor” muzeyi direktori Vladimir Sukerman.

Shuningdek, Nina roli ijrochisi Natalya Varley o‘z kitobida qo‘l pakana odamga emas, balki Gaydayning yordamchisiga tegishli ekanligini taʼkidlagan.

“Juda kulgili holat, Nikulinning Dovdir obrazi yotganida qo‘li bilan tovonini qashlagan epizodni Nikulin o‘ylab topgan va buni qanday bajarishni ham o‘zi ko‘rsatib bergan. Adyol ostida rejissor yordamchisi bor edi. Nikulin qo‘lini adyol ostiga tiqishi bilan yordamchi qo‘lini Nikulinning tovoniga cho‘zadi... Hammasi oddiy, zukkolik bilan!”

Varleyning versiyasi haqiqatga yaqinroq. Georgiy Vitsinning orqasida kimdir yashiringani aniq. Lekin bu qo‘l pakana odam qo‘li o‘lchamidagi qo‘l emas.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »