Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Leonid Gaydayning 1967-yilda premyerasi bo‘lgan “Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari” komediyasida tomoshabinlarga allaqachon tanish bo‘lgan personajlar paydo bo‘ladi. Bu Shurikning o‘zi bo‘lib, uning sarguzashtlari “I operatsiyasi” filmida boshlangan. Shuningdek, komediya uchligining mashhur qahramonlari — aktyorlar Georgiy Vitsin, Yuriy Nikulin va Yevgeniy Morgunovlar gavdalantirgan uch xil personaj.

Foto: Rbk Life
“Kavkaz asirasi yoxud Shurikning yangi sarguzashtlari” filmidan kadr
Sujeti hammaga yaxshi tanish bo‘lgan filmda kino ijodkorlari gazetada Kavkazda kelin olish va qiz berish an’analari haqida hikoya o‘qiydi. Unga ko‘ra, “tog‘li hududlardan biriga” ilmiy-etnografik ekspeditsiyaga borgan folklor yig‘uvchi Shurik qizning o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq voqeaga aralashib qoladi.

Ehtimol, ushbu komediyani tomosha qilayotganda ko‘pchilik bitta g‘alati holatni payqadi — Shurikning sochlari film davomida rangi o‘zgarib qolaveradi.

Soch rangi

Foto: Rbk Life
“Kavkaz asirasi yoxud Shurikning yangi sarguzashtlari” filmidan kadr

Dastlab qahramon ekranda kulrang-sarg‘ish rangda paydo bo‘ladi, keyin uning sochlari bug‘doydek rangni oladi. Bundan tashqari, rangning keskin o‘zgarishi deyarli har bir sahnada sodir bo‘ladi. Javob shuki, Shurik rolini ijro etgan Aleksandr Demyanenko tabiatan qora soch egasi edi. Bu rol uchun u sochlarini sariq rangga bo‘yashiga to‘g‘ri kelgan. Filmni suratga olish jarayoni bir necha oy davom etgani sababli vizajistlar doimiy ravishda aktyorning soch rangini yangilab turishlari kerak edi. Qolaversa, film sahnalari filmdagi xronologik tartibda suratga olinmagani bois rejissorlar hammasini o‘z holicha qoldirishgan.

Foto: Rbk Life
“Kavkaz asirasi yoxud Shurikning yangi sarguzashtlari” filmidan kadr

Ushbu film ekranlarda paydo bo‘lishidan oldin uzoq vaqt senzuradan o‘tgani ham sir emas. Ma’lum bo‘lishicha, bitta mashhur qo‘shiq — “Sulton bo‘lsam ...”ning bir qismi tinglovchilarga yetib bormagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »