Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Olmaota shahrida 28-yanvar kuni uchta zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Orda.kz xabar berdi.

Foto: Almaty.tv

Har uchala holatda ham zilzila episentrlari Xitoyda joylashgan. Seysmologlarga ko‘ra, Olmaotaga faqat aftershoklar yetib kelgan. Birinchi zilzila Ostona vaqti bilan soat 13:47 da, ikkinchisi 14:01 da, uchinchisi 15:52 da sodir bo‘lgan. 

Zilzila epimarkazlari Olmaotadan 258 km, 285 km va 337 km janubi-sharqda Xitoy hududida joylashgan. Yer silkinishlari 5 km, 10 km va 20 km chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi avvalroq 23-yanvardan buyon shaharda 1900 ta zilzila sodir bo‘lganini, bu dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi Olmaota aholisini qo‘rqitgan zilzilalardan keyingi silkinishlar ekanini ma’lum qilgandi. Mutaxassislar seysmik faollik asta-sekin to‘xtab, normal holatga qaytishini aytmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »