Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pentagon Burkina-Faso, Eritreya, Efiopiya, Mali, Niger va Sudan harbiylari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Foto: WSJ

Harbiy mashg‘ulotlarni bekor qilish sababiga aniqlik kiritilmagan. 2023-yil 20-dekabrda mashg‘ulotlar rejada bo‘lgan. Pentagon Kongressga o‘quv mashg‘ulotlarini oktyabr oyida o‘tkazish niyatini ko‘rsatuvchi hujjatlarni taqdim etgan. 

WP ma’lumotlariga ko‘ra, bu maqsadlar uchun millionlab dollar sarflash rejalashtirilgan edi. AQSH qonunchiligi demokratik hukumat ag‘darilgan yoki inson huquqlari buzilishi holatlari kuzatilgan mamlakatlarga xavfsizlik yordamini ko‘rsatishni taqiqlaydi.

Mashg‘ulotlardan bosh tortish demokratlarning tanqidi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu tariqa, kongressmenlar Ben Kardin va Elizabet Uorren o‘tgan hafta Pentagon rahbari Lloyd Ostindan harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan davlatlar AQSH bilan qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashmaslikni talab qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »