Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqdi
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili hukumat rahbari lavozimini tark etdi. Bu haqda “Gruziya onlayn” nashri xabar berdi.
Garibashvili iste’fosi haqda hukumat administratsiyada o‘tkazilgan brifingda maʼlum qildi.
“Jamoa bilan muhokama qilgan qarorimiz haqida jamoatchilikni xabardor qilmoqchiman. Bugun men bosh vazir lavozimini tark etaman”, — degan Irakliy Garibashvili.
U Gruziya bosh vaziri lavozimiga ilk bor 2013-yilda kelgan edi. O‘shanda Garibashvili 2015-yil 30-dekabrda iste’foga chiqqan “Gruziya orzusi” asoschisi Bidzina Ivanishvili o‘rnini egallagandi.
Shundan so‘ng Georgiy Kvirikashvili Irakliy Garibashvili o‘rniga Gruziya bosh vaziri etib tayinlangan.
Garibashvili Gruziya hukumati rahbari lavozimiga ikkinchi marta kelishidan oldin mamlakat mudofaa vazirligini boshqargan va 2021-yil 22-fevralda Giorgiy Gaxariya o‘rniga ikkinchi marta bosh vazir lavozimini egallagan.
“Mavjud ma’lumotlarga ko'ra, bu gal Irakliy Garibashvilini o‘rnini hukmron partiya raisi Irakliy Kobaxidze egallaydi”, — deya ta’kidlaydi “Gruziya onlayn”.