Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Muhtasham yuz yil” filmi ekranlarga chiqqaniga o‘n uch yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Kichkina Mehrimoh, Mehmed, Mustafo, Selim va Boyazid rollarini ijro etgan aktyorlar esa bu vaqt ichida ancha o‘zgardi. Usmonlilar sulolasining ekrandagi vakillari hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan shug‘ullanadi?

Shahzoda Mustafo

Foto: “Domashniy ochag”


Sulton Sulaymon va Mohidavronning birinchi o‘g‘li rolini Berkan Demirbog‘ o‘ynagan. U 2006-yil 11-avgustda tug‘ilgan, serial suratga olinayotganda u 5 yoshda edi. Juda yoshligidan u sahna san’ati va raqs kurslariga boradi. U kastingdan muvaffaqiyatli o‘tib, serialda ishtirok etdi. Xuddi shu yili Berkan Demirbog‘ Rashit Chelikezer tomonidan suratga olingan “Jan” dramatik filmida bosh rolni o‘ynadi. 2018-yilda u “ARIF 216” fantastik-komediya filmida suratga tushdi. Berkan o‘qishni davom ettirmoqda, ammo hozir u kamdan kam filmlarda rol o‘ynaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Voyaga yetgan Mustafo rolini Tunch O‘rol ijro etgan. “Muhtasham yuz yil” filmidagi ishtirokidan so‘ng, aktyor o‘qishini davom ettirdi, keyin esa armiyaga ketdi. Tunchning kinodagi karyerasi endigina boshlanyapti, hozircha u kastinglarda qatnashmoqda.

Mehrimoh

Foto: “Domashniy ochag”


Sulton Sulaymon va Xurramning yagona qizi obrazini birinchi marta Aida Azhar gavdalantirgan. Turk dramasini suratga olish paytida u 5 yoshda edi. Serialda rol ijro etganidan so‘ng Aida reklama roliklarini suratga olishda ishtirok etdi, shuningdek, bolalar va o‘smirlar moda ko‘rgazmalarida modellik qildi.

Quyosh va oy malikasi rolini ijro etgan ikkinchi aktrisa Melis Mutchul edi. “Muhtasham yuz yil”dan keyin u bir nechta loyihalarga taklif qilindi, ammo tez orada u kinodagi faoliyatini to‘xtatdi: o‘qish va o‘zini rivojlantirishga ko‘proq vaqt ajratdi.

Foto: “Domashniy ochag”


Shahzoda Mehmed

Foto: “Domashniy ochag”


Sulton Sulaymon va Xurramning to‘ng‘ich o‘g‘lini Arda Anarat ijro etgan. 1999-yil 2-aprelda tug‘ilgan. U Notre Dame De Sion fransuz o‘rta maktabini tamomlagan. Mazkur serialdan so‘ng “Galip darvesh” filmida bosh rollardan birini o‘ynadi. Keyin esa “Ertug‘rul” tarixiy serialining aktyorlar tarkibiga kirdi. Filmda Arda Anarat Sulaymonshoh va Jayme Xatunning kenja o‘g‘li Dundar rolini ijro etgan.

Shahzoda Selim

Foto: “Domashniy ochag”

 

“Muhtasham yuz yil”da yosh Selim rolini Yigit Ust ijro etgan. Usmonlilar sulolasi haqidagi serialdan so‘ng aktyor o‘qishni davom ettirdi, u sportni yaxshi ko‘radi, model sifatida ishlaydi va yangi rollar ijro etishga harakat qiladi.

Shahzoda Boyazid

Foto: “Domashniy ochag”


Kichik va isyonkor Boyazid rolini Erxon Jan Kartal ijro etgan. Suratga olish paytida u 15 yoshda edi. Serialdan so‘ng u aktyorlikni davom ettirdi va model sifatida ham karyerasini boshladi. Keyingi faoliyatida u ko‘proq muvaffaqiyatga erishdi va hatto Turkiyadagi eng yaxshi model-bola sifatida mukofotga nomzod bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »