Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida jamoat tartibini himoya qiladigan politsiya xodimlariga qo‘shimcha maosh va’da qildi, deb yozmoqda Le Figaro gazetasi.

Foto: Euronews

Olimpiadada tartibni saqlash uchun qo‘shimcha to‘lov, kishi boshiga 1 900 yevroni (taxminan 25,6 million so‘m) tashkil qiladi.

Nashrning yozishicha, Darmanen politsiyadagi norozilikni tinchlantirish uchun shunday qarorga kelgan. Fransiya huquq-tartibot idoralari xodimlari ommaviy ish tashlashlar va fermerlarning keng ko‘lamli noroziliklari tufayli xavfli sharoitlarda va yuklamada ishlashga majbur bo‘layotganidan norozi. Olimpiada o‘yinlari tufayli yozgi ta’tilsiz qolish ehtimoli ularni xursand qilmayapti.

Avvalroq Fransiya hukumatining sobiq rahbari Elizabet Born politsiyachilarga Olimpiada o‘yinlarida ishlagani uchun bonuslar va’da qilgandi, biroq o‘shanda gap ancha kam – 500 dan 1500 yevrogacha bo‘lgan bonuslar haqida ketgan.

Olimpiada boshlanishiga olti oydan kam vaqt qoldi, shu sababdan Fransiya Ichki ishlar vazirligi rahbari  Parijda qonun va tartibni ta’minlashda ulkan mas’uliyat yuklaydigan politsiyachilar o‘rtasidagi norozilikni har tomonlama bartaraf etishga urinmoqda.

Fransiya hukumati Olimpiada vaqtida jamoat tartibini himoya qilish bo‘yicha misli ko‘rilmagan choralar ko‘rishi ma’lum bo‘lgandi. Fransiya poytaxtida politsiyadan tashqari 15 ming askar va xususiy qo‘riqchi, shuningdek, dronlar, harbiy qiruvchi samolyotlar va vertolyotlar xavfsizlikni ta’minlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »