Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi ikki qavatli uyda gaz balloni portlashi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi xabar berdi.

Foto: Qarag'anda viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Qarag‘anda viloyatidagi portlash 30-yanvar kuni Buxoro-Jirau tumani, Bo‘taqara qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Natijada devorlar, tomlar va shiftlar, shuningdek, birinchi qavatda taxminan 300 kvadrat metr maydonda joylashgan xonadon yonmasdan to‘liq qulagan.

Uyda jami 46 kishi yashagan, portlash vaqtida 35 kishi bo‘lgan. Qutqaruv ishlari davomida yetti kishi vayronalar ostidan olib chiqilgan.

Jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Jumladan, 1989-yilda tug‘ilgan Xoldarov Rustem Umaraliyevich tanasining 80 foizi va 1987-yilda tug‘ilgan Nuriddin Odiljonovich Hakimov tanasining 35 foizi kuygan, yopiq miya shikastlanishi, umurtqa sinishi kuzatilgan.

Elchixona bu masalani nazoratga olgan va Qarag‘anda viloyati politsiyasi, favqulodda vaziyatlar bo‘limlari bilan aloqada.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »