Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Aris shahridagi novvoyxonada gaz ballon portlashi oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonlik ayol vafot etdi. Bu haqda Otyrar xabar berdi.

Illyustrativ foto: “Nur.kz”

Portlash oqibatida jarohatlangan ikkinchi jabrlanuvchi reanimatsiyada, uning tanasida 30 foiz kuyish bor. U ham O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.

“17-yanvar kuni taxminan soat 13:50 da O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan ikki jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Ikkalasi ham kuygan, erkakning 30 foiz, ayolning esa 70 foiz tanasi kuygan. Olingan jarohatlar og‘ir edi, shuning uchun ular reanimatsiyaga yotqizildi. Bugun (18-yanvar) kunduzgi soat birlarda tanasining 70 foizi kuygan ayol vafot etdi. Erkak hali ham davolanmoqda va uning ahvoli barqaror”, — deydi Aris shahar markaziy tuman kasalxonasi jarrohlik bo‘limi mudiri Talgat Tojimetov.

Hodisa 17-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Yong‘in novvoyxona va do‘konning qariyb ikki yuz kvadrat metr maydonini qamrab olgan. Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ballonlardan biri yong‘in sodir bo‘lgan joyga yaqin turgani sababli undagi gaz tezda qizib, kengayib, portlash sodir bo‘lgan.

Ular yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib borgach, novvoyxonadan har biri 50 litrdan yana ikkita gaz balloni va bir xil miqdordagi 25 litrli gaz ballonlari olib chiqib ketilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »