Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi. 

Foto: Zakon.kz

Ma’lum qilinishicha, uyda jami 46 kishi yashagan, hodisa vaqtida esa 35 kishi bo‘lgan. Vayronalar ostidan ikki nafar halok bo‘lgan va besh nafar jarohatlangan, jumladan, uch nafar bola chiqarib olingan. Besh nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan uch nafari bolalar. 

Ikki nafar bola ambulator davolanishga chiqarilgan, bir nafar bola qoniqarli holatda viloyat bolalar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Ikki voyaga yetgan jabrlanuvchidan birining ahvoli o‘ta og‘ir (tanasi 80 foiz kuygan), ikkinchisining ahvoli qoniqarli.

Jabrlangan xonadon aholisiga joylashish uchun yordam ko‘rsatilgan. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Vaziyat viloyat hokimi nazoratiga olingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »