Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Bayram yaqinlashmoqda” qo‘shig‘i — Coca-Cola Yangi yil bayramlarining tashrif qog‘ozidir. Mazkur taronaning dastlabki notalariyoq har bir inson xayolida 1995-yilgi reklamadagi Coca-Cola ning yorqin qizil rangdagi yuk mashinalarini gavdalantiradi.

Bu safar mashhur Coca-Cola yuk mashinalari karvoni O‘zbekiston bo‘ylab safarini 19-dekabr kuni Namangandan boshladi va Andijon, Farg‘ona, Nukus, Urganch, Xiva, Buxoro, Qarshi va Samarqand bo‘ylab bayram kayfiyatini ulashdi.

Toshkentda bu yil Coca-Cola kompaniyasi haqiqiy syurpriz tayyorladi. Karvon haqiqiy bayramga aylandi.

Buning bari ikki yosh yulduz sharofati bilan. Ular shahar bo‘ylab nafaqat shaffof yuk mashinalarida ko‘rinish berdi, balki shahar aholisi va mehmonlariga Coca-Cola manzillarida LIVE hamda @cocacola_uzbekistan platformasida onlayn konsertida qatnashish imkonini taqdim qildi.

Dekabr o‘rtalarida @cocacola_uzbekistan sahifasida tanlov eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, ikki maxfiy Santa Yangi yil haqidagi jahon xitlariga kaver kuyladi, kuzatuvchilar esa bu ijrochilar kim ekanini topishi kerak edi. Sir 25-dekabr kuni, Yangi yil karvoni bayram kunlari birinchi marta Toshkent ko‘chalari bo‘ylab Coca-Cola dan bayram mo‘jizasini ulashishga chiqqanda ochildi. 27-dekabr kuni Coca-Cola Yangi yil karvonidan onlayn hamda Anhor bog‘ida Ruxsora hamda 29 dekabr kuni Sabina Mustayevaning konserti o‘tkazildi.

Shuningdek, Coca-Cola bu yil yangi reklama roligini eʼlon qildi. Unda yaxshilik qiluvchi Santa Klauslar bilan to‘la dunyo tasvirlangan. Rolikda britaniyalik qo‘shichi Selestaning taronasi va Yangi yil kampaniyasining asosiy shiori yangraydi: “Bu olam Santadek yaxshilik ulashuvchilarga muhtoj”.

Yaxshilik, optimizm, dunyoni ijobiy tomonga o‘zgartirishga urinish haqidagi mazkur taʼsirli hikoya “Coca-Cola sovg‘alari bilan Yangi yil mo‘jizasi” Yangi yil promo-aksiyasida davom etdi. Yanvar oyi oxirigacha yuz minglab yutuqlar o‘ynaldi.

 

Promo-aksiyaning bosh sovrini esa qiymati 100 000 000 so‘m bo‘lgan 50 ta pul yutug‘i bo‘ldi. Yangi yil promo-aksiyasining haqiqiy mo‘jizasi sifatida Coca-Cola kompaniyasi har bir g‘olib nomidan pul yutug‘idan tashqari 1 000 000 so‘mdan “ONA” jamoat xayriya fondiga o‘tkazganini taʼkidlash mumkin.

“Bunday aksiyalar biz, xayriya tashkilotlariga qiyin hayotiy vaziyatda qolgan ayollar va bolalarga ko‘proq ko‘rsatib berish imkonini beradi. Shuning uchun biz doim Coca-Cola kompaniyasining boshqa savobli ishlarida ham qatnashishdan mamnunmi”, — deydi “ONA” fondi vasiylik kengashi aʼzosi Umida Husainova.

“G‘oliblarimiz Coca-Cola yaxshilik elchisiga aylandi. Yangi yil aksiyamizni qo‘llab-quvvatlagan va Coca-Cola dan Yangi yil mo‘jizasi aʼzosiga aylanganlardan minnatdormiz. Biz O‘zbekistonning barcha aholisi va mehmonlariga quvonch uchun ko‘proq sabab bo‘lishi, do‘st va yaqinlar bayram dasturxonlari atrofida tez-tez yig‘ilib turishlarini tilaymiz”, — deydi Coca-Cola kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar va O‘rta Osiyoda barqaror rivojlanish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nazi Aripdjanova 50 mln so‘mlik sertifikatni “ONA” jamoat fondiga topshira turib.

Reklama huquqi asosida.

Munojot Adilova
Musahhih:

Munojot Adilova

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »