Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibini davlat mulkini sotish bilan bog‘liq korrupsiya ishi bo‘yicha 14 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda Reuters. Xonga 10 yil davomida siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish ham taqiqlandi. Bushra Xon hibsga olib ketildi.

Arxiv foto: Twitter

Bir kun avval Xon davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib, 10 yilga qamalgan edi. Bu ishda Xon bilan birga Pokistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qureyshi ham ayblangan, u ham o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Xon — Pokistondagi eng nufuzli siyosatchilardan biri, muxolifatdagi “Adolat harakati” partiyasi rahbari. Uning safdoshlari hukmlar umumxalq saylovlariga bir hafta qolganida chiqarilganini taʼkidlab, tergov va sud jarayonida qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan, deb hisoblamoqda va hukm ustidan shikoyat qilishga vaʼda bermoqda.

  • Imron Xon 2022-yilning aprelida Pokiston bosh vaziri lavozimidan chetlatilgan edi. O‘shandan beri unga qarshi o‘nlab jinoiy ish qo‘zg‘atildi, jumladan, terrorizm bo‘yicha. Xon tarafdorlari ta’qibni siyosiy deb biladi.
  • 2023-yilning may oyida Xon sudga kelmagani uchun hibsga olinganida, uning tarafdorlari ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirdi, ularda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 300 ga yaqin kishi jarohatlandi. Norozilik namoyishlari tufayli Xon ozod qilindi.
  • 2023-yil avgust oyida sud Xonni korrupsiyada ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Ayblovlar davlat g‘aznasidan qimmatbaho buyumlarni sotish bilan ham bog‘liq bo‘lgan, biroq o‘shanda bu ishda sobiq bosh vazirning rafiqasi ishtirok etmagan. Xon ayblovlarni rad etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »