Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yilga qamaldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: NPR

Pokiston sudi 30-yanvar kuni sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Ayblov xulosasiga ko‘ra, Xon Pokistonning Vashingtondagi elchisi hukumatga yuborgan maxfiy telegramma mazmuni bilan o‘rtoqlashgan. Sobiq bosh vazirning partiyasi ishni uydirma deb hisoblaydi va hukmga e’tiroz bildirmoqchi.

2022-yilda bosh vazir sifatida iste’foga chiqishi kerak bo‘lgan Xon ilgari korrupsiyada ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Tegishli hukm 2023-yil avgustida chiqarilgan.

Endi yangi hukm umumiy saylovlarga bir hafta qolganida e’lon qilindi, bu bilan Imron Xonning saylovda qatnashishi taqiqlanadi. Xon o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni “siyosiy motivli” deb ataydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »