Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 17-fevral kuni boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida mutlaq chempionlik uchun jang bo‘lib o‘tadi.

Super og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi. Oradan 25 yil o‘tgach, og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni paydo bo‘ladi. So‘nggi bor 1999-yilda Lennoks Lyuis Evander Holifildni mag‘lub etib, ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgandi.

Usik va Fyuri bir necha yil oldin jang bo‘yicha kelishib olgandi va nihoyat ular ringda uchrashadigan bo‘ldi. So‘nggi bor Usik 2023-yilning avgust oyida Daniel Dyubuani texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi. Fyuri esa oktyabr oyida Frensis Ngannu ustidan hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Turnir doirasida 8 ta jang bo‘lib o‘tadi. E’tiborli jihati, o‘zbekistonlik yengilmas bokschi Bahodir Jalolov (14-0) ham ushbu turnirda o‘z jangini o‘tkazadi. Xabarlarga ko‘ra, chernogoriyalik Dilan Prashovich Jalolovning raqibi bo‘ladi.

Joy — Saudiya Arabistonining Kingdom Arena stadioni. Aynan shu joyda Fyuri va Ngannu o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, Dmitriy Bivol, Entoni Joshua va Deontey Uaylder o‘rtasidagi turnir ham Kingdom Arena’da o‘tkazilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »