Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov NATOning keng ko‘lamli mashg‘ulotlari Rossiyaga tahdid solayotganini, Moskva bunga tegishli choralar ko‘rishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Steadfast Defender 2024 mashg‘ulotlari Rossiya Federatsiyasi uchun xavf tug‘dirmoqda.

“Bizning tushunishimizcha, NATO qarama-qarshilik vositasidir. Alyans, aslida, AQSH tomonidan yaratilgan, tuzilgan va hozirda aynan qarama-qarshilik vositasi sifatida boshqarilmoqda. Ushbu vosita o‘z rolini bajarishda davom etmoqda. Albatta, bu biz uchun tahdid, biz unga shunday munosabatdamiz”, — dedi Peskov konferensiya chog‘ida.

Foto: Google Images

NATO harbiy qo‘mitasi rahbari Rob Bauer oktyabr oyida qilgan chiqishida mazkur mashg‘ulotlar “Rossiyaning alyansning sharqiy qanotiga uyushtirishi mumkin bo‘lgan bosqiniga javob berish”dan iborat ekanini aytgandi.

Xususan, mashg‘ulotlar davomida Kaliningrad viloyati va Belarus o‘rtasidagi Suvalki yo‘lagidagi mojaro ssenariysi ishlab chiqilmoqda. Mashg‘ulotlar 31-yanvarda boshlanib, 31-maygacha davom etishi kerak. NATO ma’lumotlariga ko‘ra, bu Shimoliy Atlantika alyansining 1988-yildan beri o‘tkazgan eng yirik harbiy mashg‘uloti bo‘ladi.

2024-yilning yanvarida Bauer alyans kuchlari yaqin yigirma yil ichida Rossiya bilan keng ko‘lamli urushga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi. U NATO davlatlari hukumati va ularning tinch aholisini mojaro va ehtimoliy harbiy xizmatga tayyorlanishga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »