Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya tomonidan ommaviy raketa zarbasi berilgan kuni Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi Kremlning 2024-yilgi urush rejasini e’lon qildi.

Foto: Dreamstime

Razvedkaga ko‘ra, Kremlga yaqin tahlilchilar Rossiyaning oliy harbiy-siyosiy rahbariyatiga harbiy harakatlarni “samaraliroq” davom ettirish bo‘yicha takliflar tayyorlagan. Rossiya uchun asosiy muammolardan biri bu ichki siyosiy qarama-qarshiliklarga qaramay, Ukrainaning ijtimoiy konsensusi va barqarorligi ekani aytilgan.

“Ukrainada norozilik namoyishlari yo‘q, bo‘lmaydi ham!” — afsus bilan ta’kidlaydi Kreml manbalari.

Ukraina razvedkasi ular keskin harbiy amaliyotlarni davom ettirish bilan bir qatorda bir nechta gibrid “qo‘poruvchilik kampaniyalarini o‘tkazish” orqali Ukraina ichidagi birlikni buzishni taklif qilishlarini ta’kidladi.

Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadlari orasida: safarbarlik jarayonini obro‘sizlantirish, aholining Ukrainadan keng ko‘lamli chiqib ketishiga yordam berish va hududiy bo‘linishlarni ruhlantirish.

Kreml “tahlilchilari” Ukrainada davlat taraqqiyoti vektorini o‘zgartira oladigan siyosiy kuchlar qolmaganiga ishonadi va bir vaqtlar rus dunyosiga xayrixoh bo’lganlar soni keskin darajada kamaygan.

Razvedka Kreml rahbarlarining qo‘rquvlari haqida

Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy Kreml rahbarlarining ikkita eng katta fobiyasini aytdi.

“Ular ko‘proq nimadan qo‘rqishadi? Juda oddiy, ikkita narsa. Birinchisi — Moskvadagi rejim o‘zgarishi. Ikkinchisi — Rossiyaning bo‘linishi yoki parchalanishi. Shunga ko‘ra, Rossiya buni saqlab qolish uchun tegishli siyosat olib bormoqda”, — dedi Skibitskiy.

Shuningdek, u 2024-yil uchun Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaning vazifalari Donetsk va Lugansk viloyatlarining maʼmuriy chegaralariga kirish va Ukrainaning vaqtincha bosib olingan barcha hududlari ustidan nazoratni saqlab qolish ekanini taʼkidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »