Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘arbning Ukrainaga yordami bilan bog‘liq muammolar fonida AQSH prezidenti ma’muriyati va Yevropa rasmiylari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash strategiyasini jimgina o‘zgartirdi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Foto: Politico

Xabarga ko‘ra, strategiya Rossiya ustidan to‘liq g‘alabaga erishishga, Kiyevning urushni tugatish bo‘yicha mumkin bo‘lgan muzokaralardagi pozitsiyasini yaxshilashga qaratilgan. Oq uy rasmiysi va Vashingtonda ishlaydigan yevropalik diplomat Politico nashriga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan aytganidek, bunday tinchlik muzokaralari Ukraina hududining bir qismini Rossiyaga berishni anglatishi mumkin.

Oq uy va Pentagon Rossiya armiyasini Ukrainadan butunlay chiqarib yuborish zarurligini ochiqchasiga ta’kidlasa-da, yashirincha Kiyev bilan hududlarni ozod qilish urinishlaridan voz kechib, strategik mudofaaga o‘tish zarurligi haqida muhokama qilmoqda. Bu havo mudofaasini kuchaytirish va mudofaa istehkomlarini qurishni ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Bayden mamuriyati Ukrainaning o‘z mudofaa sanoatini tezda qayta tiklashga e’tibor qaratgan.

“Mudofaa holatiga o‘tish ukrainaliklarga resurslarni tejash imkonini beradi, ammo Rossiyaning kelajakdagi taraqqiyoti dargumon”, — AQSH armiyasi harbiy kollejining razvedka bo‘yicha mutaxassisi Entoni Pfaff.

Vashingtondagi yevropalik diplomatning aytishicha, Yevropa Ittifoqi ham Ukrainani Moskva bilan “muzokaralar uchun eng yaxshi sharoitga keltirish” uchun Ukrainaning NATOga a’zoligini tezlatmoqchi. Politico strategik vaziyatga nazar tashlar ekan, “Ukrainaliklarning o‘zi ham Putinga qancha vaqt qarshilik ko‘rsatishi mumkinligi haqida ommaviy munozara bilan shug‘ullanayotganini” qayd etadi.

“Ukrainada ham qo‘shin, ham qurol-yarog‘ yetishmayotgan ekan, Zelenskiyning Moskva bilan yangi muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortishi mamlakatda siyosiy jihatdan nomaqbul bo‘lib ko‘rinadi. Yana yarim million askarni safarbar qilmoqchi bo‘lgan Ukraina prezidenti o‘zining bosh qo‘mondoni general Valeriy Zalujniy va Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ichki qarshiliklariga duch kelmoqda”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »