Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning o‘limi ortida Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev turibdi. Bu haqda manbalarga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Kollaj: “Daryo”

Xabarga ko‘ra, Patrushev 2022 yilning yozida Rossiya prezidentini “Vagner” rahbari xavfi haqida ogohlantirishni boshlagan. Ammo Putin uning so‘zlariga quloq solmagan, chunki vagnerchilar jang maydonida muvaffaqiyat qozongan. Sobiq rossiyalik razvedka xodimining so‘zlariga ko‘ra, bu qarash 2022-yil oktyabr oyida o‘zgargan.

“O‘shanda Prigojin go‘yoki Putinga qo‘ng‘iroq qilgan va qo‘pol ravishda o‘q-dorilar yetishmasligidan shikoyat qilgan va bu katta yo‘qotishlarga olib kelganini aytgan. WSJ manbasiga ko‘ra, Patrushev o‘sha paytda Putinning ofisida bo‘lgan. Xavfsizlik Kengashi rahbari Prigojin xavfli bo‘lib qolgani va Kremlni hurmat qilishni to‘xtatganini bildirgan”, — deyiladi xabarda.

Putin Prigojinning ta’minot haqidagi keyingi shikoyatlarini, shu jumladan Rossiya harbiy rahbariyati bilan ommaviy mojarolarni e’tiborsiz qoldirgan va “Vagner” rahbarining qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.

“2023-yil iyun oyida Prigojin o‘z isyonini boshlaganida, Patrushev nazoratni o‘z qo‘liga oldi”, — ta’kidlaydi WSJ.

Manbalarga ko‘ra, Xavfsizlik kengashi rahbari Prigojinga hamdard bo‘lgan zobitlarni chaqirib, Prigojinni isyonni to‘xtatishga ishontirishni so‘ragan.

Patrushev, shuningdek, qo‘shni davlatlardan mojarolarni hal qilish uchun vositachilar qidirgan. Belarus rahabri Aleksandr Lukashenkodan tashqari (oxir-oqibat u vositachi bo‘lgan) bu Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev edi. 

“Agar Rossiya armiyasi yollanma askarlarni ushlab tura olmasa, Qozog‘iston qurolli kuchlari yordam berishi kerak edi. Biroq To‘qayev rad javobini bergan”.

Ta’kidlanishicha, qo‘zg‘olon tugagandan so‘ng, Patrushev qotillik rejasini ishlab chiqishni boshlagan. G‘arb razvedka idoralaridagi manbalar Putinga bu rejalar keyinroq ko‘rsatilgani va u e’tiroz bildirmaganini ta’kidlaydi.

23-avgust kuni “Vagner” rahbari Sheremetyevo aeroportidan uchib ketishidan oldin uning samolyoti tekshirilgan. G‘arb razvedka xizmatlaridagi WSJ suhbatdoshlariga ko‘ra, aynan shu vaqtda qanot ostiga kichik bomba qo‘yilgan.

Parvozdan yarim soat o‘tgach, taxminan 8500 metr balandlikda bomba portlagan. Samolyotdagi o‘n kishining barchasi halok bo‘lgan. Rasman, Kreml Prigojinning o‘limiga aloqadorligini rad etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »