Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vladimir Putin “Valday” diskussiya klubi yig‘ilishida “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin va Tver viloyatidagi aviahalokatda qurbon bo‘lgan boshqa odamlarning jasadlarida granata parchalari topilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot halokatiga hech qanday tashqi taʼsir sabab bo‘lmagan.

Foto: “TASS”
“(Xususiy harbiy) kompaniya rahbariyatiga nima bo‘ldi, degan savol havoda muallaq turibdi. Tergov qo‘mitasi rahbari menga aviahalokatda qurbon bo‘lganlarning jasadlaridan qo‘l granatalari bo‘laklari topilgani haqida xabar berdi. Samolyotga hech qanday tashqi ta’sir ko‘rsatilmagan. Bu allaqachon tasdiqlangan fakt – Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijalari”, — dedi Putin.

Prezident Prigojinning shaxsiy samolyoti halokati bo‘yicha tergov hali yakunlanmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning qonida alkogol yoki giyohvand moddalar bor-yo‘qligi bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilmagan, biroq Putinning fikricha, buni o‘tkazish kerak.

“Bilamizki, Sankt-Peterburgdagi kompaniya bilan bog‘liq mashhur voqealardan keyin FXX nafaqat 10 milliard naqd pul, balki besh kilogramm kokain ham topdi. Mening nazarimda bunday ekspertiza o‘tkazilishi kerak edi, lekin o‘tkazilmadi”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.

Rossiya prezidenti “vagnerchi”lar haqida gapirar ekan, Rossiyada xususiy harbiy kompaniyalar mavjud emasligi va hech qachon mavjud bo‘lmagan, chunki XHKlar to‘g‘risida qonun yo‘qligini ta’kidladi.

“Bu jurnalistik nom edi — xususiy harbiy kompaniya”, — dedi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati XHKlar kerakmi yoki yo‘q, degan masalada yakdil fikrga ega emas. Shu bilan birga, u “Vagner”ning bir necha ming jangchilari Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnomalar imzolaganini ta’kidladi.

Yevgeniy Prigojinning samolyoti Tver viloyatida 23-avgust kuni, “Vagner” isyonidan ikki oy o‘tib halokatga uchradi. Bortdagi 10 kishining barchasi halok bo‘lgan. “Rosavitsiya” xabariga ko‘ra, bortda boshqalar qatorida Prigojinning o‘zi va “Vagner” qo‘mondoni Dmitriy Utkin ham bo‘lgan. Tergov qo‘mitasi ularning vafot etganini tasdiqladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »