Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kreml “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning o‘limi bo‘yicha tergov sekin ketayotganini rad etdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.

Foto: Reuters
“Bu murakkab tergov, murakkab voqea. Tergov davom etmoqda, shuning uchun qandaydir izoh berishga hali erta”, — dedi Peskov.

23-avgust kuni kechqurun Yevgeniy Prigojinning samolyoti Tver viloyatida qulab tushdi, bortdagi barcha 10 kishi halok bo‘ldi. Rosaviatsiya xabariga ko‘ra, bortda boshqalar qatorida Prigojinning o‘zi va “Vagner” qo‘mondoni Dmitriy Utkin ham bo‘lgan. 

Tergov qo‘mitasi havo transportidan foydalanish qoidalarini buzganlik (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 263-moddasi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Prigojinning o‘limi Rosiya Tergov qo‘mitasi tomonidan 27-avgust kuni tasdiqlangan. Samolyot halokati sabablari haqida rasman xabar berilmagan.

Norasmiy versiyalar orasida eng keng tarqalgani bortdagi portlashdir. G‘arb ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Prigojinning biznes samolyotiga bomba o‘rnatilgan va buyruq shaxsan Vladimir Putin tomonidan berilgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinadi. Kreml bu versiyani “mutlaq yolg‘on” deb atagan. Shu bilan birga, Peskov aviahalokatning asosiy versiyalaridan biri “qasddan jinoyat” deb baholanishini aytgan.

Prigojinning dafn marosimi harbiy ehtiromlarsiz o‘tdi 

23-avgust kuni aviahalokatda vafot etgan “Vagner” asoschisining dafn marosimi 29-avgust kuni Sankt-Peterburgdagi Poroxov qabristonida bo‘lib o‘tdi. Marosim yopiq formatda o‘tkazildi. 

“Vagner” yollanma askarlari va Prigojinning boshqa tarafdorlari dafn marosimiga taklif qilinmagan — OAV xabarlariga ko‘ra, marosimda faqat uning yaqinlari ishtirok etgan. “Vagner” XHK rahbarini dafn etish paytida harbiy odatlarga ham rioya qilinmagan, aslida esa, prezident farmoniga ko‘ra, Rossiya Qahramoni unvoniga ega bo‘lgan odamlarning dafn marosimi tegishli jarayonlar bilan o‘tishi kerak. 

Aviahalokat “Vagner” isyonidan ikki oy o‘tib yuz berdi 

Yevgeniy Prigojinga tegishli biznes-jet Moskvadan Sankt-Peterburgga ketayotganda Tver viloyatida halokatga uchradi. Samolyot bortida uch nafar ekipaj a’zosi va yetti nafar yo‘lovchi, jumladan Prigojinning o‘zi va XHK asoschilaridan biri Dmitriy Utkin bo‘lgan. 

Ommaviy axborot vositalarida samolyot qulashi sabablarining versiyalari orasida bortda bomba portlashi va zenit-raketa bilan urib tushirilishi bor.

Aksariyat siyosiy tahlilchilar Rossiyada voqeadan roppa-rosa ikki oy oldin harbiy isyon uyushtirgan Prigojinning o‘limiga maxsus xizmatlar aloqador deb hisoblayapti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »