Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin undan hech qachon xavfsizlik kafolatlari so‘ramaganini va uning o‘limi ortida Putin turmaganini ta’kidladi. Bu haqda BelTA xabar berdi.

Foto: Reuters

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u Prigojinning xavfsizligini ta’minlashi kerak bo‘lmagan.

“Bu birinchidan. Ikkinchidan, Prigojin bilan suhbat hech qachon bunday tusda kechmagan. Uchinchidan, esda tuting: xavfsizlik nuqtayi nazaridan unga ikki marta murojaat qildik. Birinchi marta Moskvaga marsh qilayotgan payti qo‘ng‘iroq qildim va muzokaralar bo‘ldi. Unga odamlarni o‘ldirib, o‘zing ham o‘lishingni tushunasanmi, deganman.
U jin ursin, o‘laman, deb javob bergan. Hozir senga arqon va sovun bo‘lagi yuboraman, dedim. U yo‘q, yo‘q, yo‘q men qahramon bo‘lib o‘laman, dedi. Ikkinchi marta u Dima Utkin (‘Vagner’ o‘rinbosari, u ham samolyotda bo‘lgan) bilan birga keldi. Men ikkalasini ham qattiq ogohlantirdim: ‘Yigitlar, qaranglar’ ”, — dedi Lukashenko.

Shuningdek, u Prigojin samolyoti halokatiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aloqasi yo‘qligini aytdi.

“Buni kim qilganini ayta olmayman. Hatto katta akam uchun ham advokat bo‘lmayman. Lekin men Putinni bilaman. U boshqalar bo‘yicha murakkab masalalar yuzasidan ehtiyotkorona, juda xotirjam va sekin qaror qabul qiladi. Shuning uchun buni Putin qilgani, u aybdor ekanini tasavvur qila olmayman. Juda qo‘pol, noprofessional ish”, — dedi Lukashenko.

Lukashenkoning qo‘shimcha qilishicha, “Vagner” “kimgadir qanchalik yoqmasa ham, Belarusda yashaydi”. U Prigojin bilan birgalikda “Vagner”ning Belarusda bo‘ladigan tizimini ishlab chiqqanini aytdi.

“ ‘Vagner’ mamlakatda qolmoqda, ammo kimdir ta’tilga chiqqan, kimdir hatto chetda yashashga qaror qilgan. Bir necha kun ichida hamma — 10 000 kishigacha shu yerda bo‘ladi. Ularni bu yerda saqlashning hojati yo‘q. Shuning uchun ular hech qayerga qochib ketmaydi”, — deydi Lukashenko.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »