Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” guruhi Perm va Novosibirskda jangchilarni yollashni qayta boshladi, deb xabar bermoqda Rossiyaning “59.ru” va “Ngs.ru” nashrlari.

Permdagi “Vagner” vakilining aytishicha, guruh Rossiya milliy gvardiyasining bo‘linmasiga aylangan. Bo‘linmaga “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning o‘g‘li va yagona merosxo‘ri Pavel Prigojin boshchilik qiladi.

Foto: Telegram
“Biz jangovar tajribaga ega odamlarni, shu jumladan xususiy harbiy kompaniyaning bir qismi bo‘lganlarni ishga olamiz”, — dedi “59.ru” manbasi.

Unga ko‘ra, to‘lov yollanma askarlarning xizmat qiladigan joyiga qarab 80 mingdan 240 ming rublgacha bo‘ladi. Shartnoma muddati olti oydan boshlanadi.

1-noyabr kuni “Vagner” guruhining Novosibirskdagi ofisi vakili “Ngs.ru”ga ishga qabul qilish “ikki-uch kundan beri” davom etayotgani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha “sudlanganlar, kasallar qabul qilinmaydi”.

“Vagner” ishga qabul qilishni qayta boshlagani haqidagi birinchi xabarlar 27—28-oktyabr kunlari guruhga aloqador Telegram kanallarda, shuningdek, “vagnerchi”larning qarindoshlari chatlarida paydo bo‘ldi.

“Vajniye istorii” yozishicha, ro‘yxatga olish Ukrainadagi urushda ilgari qatnashmaganlar, shuningdek, armiyada xizmat qilmaganlar, OIV va gepatit bilan kasallanganlar uchun ochilgan. “Vagner”ga aloqador Telegram kanallar guruh Prigojin isyonidan keyin Rossiya Mudofaa vazirligiga o‘tgan sobiq yollanma askarlarni qabul qilmasligini ta’kidladi.

“Vagner” vakili nashrga guruh “Rossiya gvardiyasi bilan rasmiy kelishuvga ega bo‘lgan yagona otryad” ekanligini aytdi. Nashrning yozishicha, yollanma askarlarni Rossiya gvardiyasiga o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarni Pavel Prigojin va “Vagner” qo‘mondoni Anton (Lotus) Elizarov olib borgan.

17-oktyabr kuni Davlat Dumasi Rossiya gvardiyasiga “ixtiyoriy tuzilmalar” yaratishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Ommaviy axborot vositalari “Vagner” yollanma askarlari Rossiya gvardiyasining “ko‘ngilli tuzilmalari”ga qo‘shilishini taxmin qilishdi. Qonun loyihasi mualliflaridan biri, deputat Aleksandr Xinshteynning ta’kidlashicha, hujjat “Vagner” sobiq bo‘linmalarining Rossiya gvardiyasiga o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlarga “hech qanday tarzda aloqador emas”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »