Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident Administratsiyasi “O‘zbekiston—2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga prezident farmoni loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjat loyihasida 1-sentyabrdan boshlab, fuqarolarga pensiya yoki nogironlik tayinlash vaqtida alohida murojaat qilishlarini talab etmagan holda ularni sanatoriyga navbatga qo‘yish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Loyihada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tizimi bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan:

  • 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, pensiya tayinlashda bir vaqtning o‘zida sanatoriyga navbatga qo‘yish va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi pulni olish bilan bog‘liq harakatlarni proaktiv tarzda amalga oshirish tartibi joriy etiladi;
  • 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, nogironlikni tayinlashda sanatoriyga navbatga qo‘yish va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida xabardor qilish tartibi joriy etiladi;
  • 2024-yil 1-iyundan boshlab, yolg‘iz yashayotgan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga Toshkent shahrida eksperiment tariqasida tegishli yo‘nalishdagi nodavlat tashkilotlar orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
  • yil davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilish texnik vositalari bilan ta’minlashning yangi tizimi bosqichma bosqich joriy qilinadi.

Bu vazifalar ijrosi uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligini mas’ul qilib belgilash taklif etilgan. Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 14 fevralgacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Pensiya jamg‘armasiga davlat budjetidan 16 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Bu miqdor 2023-yildagidan bir trillion so‘mga ko‘p. Prognozlarga qaraganda, 2025-yilda jamg‘armaga 19 trillion so‘m, 2026-yilda 23 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »