Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil tashqi razvedka xizmati (Mossad) rahbari David Barnea mamlakat harbiy mahkamasiga HAMAS bilan potensial kelishuv rejasini taqdim etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AFP

Kelishuvning birinchi bosqichi 35 kunlik otashkesim evaziga garovga olingan 35 nafar ayol, kasal, yarador va qariyalarni ozod qilishni nazarda tutadi. Shundan so‘ng kelishuv yana bir haftaga uzaytirilishi mumkin, bu garovga olinganlarni ozod qilishning ikkinchi bosqichi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga imkon beradi. Ozod qilinadiganlar qatorida fuqarolik mudofaasi xodimlari, isroillik askarlar bo‘lishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Isroil garovga olinganlar evaziga qamoqdan ozod qilishi kerak bo‘lgan falastinlik mahbuslar soni hali aniqlanmagan. Bu masalada yahudiy davlatini ularning miqdori emas, sifati qiziqtirayotgani ta’kidlanadi. HAMAS og‘ir jinoyat sodir etgan mahbuslarni topshirishni talab qilmoqda.

Yanvar oyi oxirida Isroil, AQSH, Misr va Qatar vakillari Parijda G‘azo sektoridagi garovga olinganlarni bosqichma-bosqich ozod qilish bo‘yicha yangi kelishuv asosida kelishib oldi. Anklavdagi hukmron HAMAS harakati sulh taklifi olgani va uni o‘rganayotganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »