Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,6 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida oziq-ovqatlar 0,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, pullik xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashgan. 2023-yilning yanvariga nisbatan taqqoslaganda, o‘tgan 1 yilda oziq-ovqatlar narxi 9,3 foizga, nooziq-ovqatlar narxi 7,5 foizga, xizmatlar narxi 8,9 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, 2024 yil yanvar oyida asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan sut (+0,5 foiz) va tuxum (+2,5 foiz) qimmatlashgan. Suyakli mol go‘shti (-0,2 foiz), qo‘y go‘shti (-0,2 foiz), guruch (-0,4 foiz), bug‘doy uni (-1,8 foiz), kungaboqar yog‘i (-0,9 foiz), shakar (-0,3 foiz) esa arzonlashgan.

Markaziy bank 2023-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 8,5–9,5 foiz atrofida bo‘lishini prognoz qilgan va yil yakunida yillik inflyatsiya 8,77 foiz darajasida qayd etilgandi. 2022-yilda yillik inflyatsiya 12,3 foizni tashkil etgan. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 9,98 foiz, 2020-yilda 11,1 foiz, 2019-yilda 15,2 foiz, 2018-yilda 14,3 foiz, 2017-yilda 14,4 foiz bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »