Putin Ukrainaga nisbatan hududiy da’volarini kuchaytirdi — ISW
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi hududiy da’volarini kuchaytirdi. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari ma’lum qildi.
Tahlilchilarga ko‘ra, Kreml rahbari hozirgi front chizig‘ini Ukrainaga chuqurroq kiritish rus kuchlari uchun maqsad ekanini aytgan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada “demilitarizatsiya” zonasi yaratilishi kerak, shunda Rossiyaga va bosib olingan hududlarga ham artilleriya tizimlari va uzoq masofali qurollar yetib bora olmaydi.
Ta’kidlanishicha, mustaqil Ukraina mavjud ekan, Putin aytgan maqsadni amalga oshirib bo‘lmaydi. Moskva Rossiya armiyasi bosib olinishi mumkin bo‘lgan Ukraina hududlarini anneksiya qilishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, Putin Xarkovni ham o‘zining “demilitarizatsiyalangan” zonasiga kiritdi.
“Putin Ukraina eʼtiborini Rossiya qurolli kuchlarining Lugansk viloyatidagi hujumidan chalg‘itish niyatida. Biroq Rossiyaning Belgorod viloyatidagi kuchlari faqat taktik darajadagi harakatlarni amalga oshirishi mumkin”, — deyiladi xabarda.