Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Chilonzor tumanida farzandini olib qochib, xotinidan yashirib kelgan erkakka jinoiy ish ochildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xabarga ko‘ra, bolalar ombudsmaniga 21-yanvar kuni fuqaro (ayol) M.T.ning murojaati kelib tushdi. O‘z murojaatida M.T. sobiq turmush o‘rtog‘i J.M. bilan ajrashish jarayonida bo‘lib, sud qarori bilan 2 nafar farzandi u bilan, ya’ni onasi bilan yashab kelishi belgilangan bo‘lsa-da, sobiq turmush o‘rtog‘i J.M. doimiy kuzatuv va parvarishga muhtoj bo‘lgan farzandi, 2021-yilda tug‘ilgan M.M.ni ona ruxsatisiz noma’lum yo‘nalishda olib ketganini bildirgan.

Bu holat bolalar ombudsmani, vasiylik va homiylik, ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan o‘rganildi. Aniqlanishicha, M.T.ning farzandi, 2021-yilda tug‘ilgan M.B.ga “obstruktiv bronxit” kassaligi tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, u uzluksiz ravishda tibbiy muolaja olishi, oziq-ovqat, ob-havo, maishiy buyumlar keltirib chiqaradigan turli allergik asoratlardan himoyalanishi uchun doimiy jiddiy nazoratda bo‘lishi lozim. Ona shu davrga buyon farzandiga shunday parvarishni olib borgan. 

2024-yil 20-yanvarda sobiq turmush o‘rtog‘i J.M. M.T.ning yashash xonadoniga kelib, onasi va bolaning o‘zi qarshiligiga qaramasdan, uni noma’lum yo‘nalishda olib ketib, hozirda qayerdaligi, bolaning ahvoli qanday ekani haqida onasiga biror xabar bermagan hamda o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan farzandining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, yashirib kelgan.

Shuningdek, J.M. vasiylik va homiylik organi, terapevt-shifokor va boshqa mutasaddi organ vakillari tomonidan bolaning ahvolini aniqlash va unga zarur bo‘lgan tibbiy ko‘mak choralarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilgan. 29-yanvar kuni Chilonzor tumani Tergov bo‘linmasi tomonidan J.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 117-moddasi 1-qismi (xavf ostida qoldirish) va 137-moddasi 2-qismi (odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »